00:09 / 06.06.2018
3 589

Toshkentda «Inter» klubining akademiyasi ochilishi mumkin

Toshkentda «Inter» klubining akademiyasi ochilishi mumkin
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Italiya, Ispaniya futbol assotsiatsiyalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yganidan muxlislarning xabari bor.

Ayni kunlarda yurtimizda “Real Madrid” akademiyasi murabbiylari bolajonlarga hamda bolalar murabbiylariga master-klasslar o‘tishmoqda. Shuningdek, iyul oyida Italiya futbol federatsiyasi mutaxassislari ham Toshkentga tashrif buyurib, o‘zbekistonlik bolalar futboli mutaxassislari uchun seminarlar tashkil etishadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Italiyaning “Inter” klubi futbol akademiyasi bilan muzokaralar olib borishyapti. Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad poytaxtimizda “Inter” futbol klubi akademiyasi rasmiy fililani ochishga erishish.

“Inter” akademiyasi dunyoga mashhur futbol akademiyasi hisoblanib, o‘tgan yili akademiya tarbiyalanuvchilari Italiyada 15,16,17 va 18 yoshlilar o‘rtasidagi chempionatlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.

Ayni paytda butun dunyoda Italiyadan tashqari faqat Xitoyda “Inter” klubi akademiyasi rasmiy filiali mavjud. Buning sababi oddiy – klub aksiyalarining katta qismi Xitoyning «Suning Commerce Group» kompaniyasi hisoblanadi.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakuniga yetsa, O‘zbekiston “Inter” klubi akademiyasining rasmiy filiali ochilgan dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylanadi.

O‘FAning maqsadi faqat o‘zbekistonlik futbolchilar uchun akademiya tashkil etish emas. Maqsad Toshkentda “Inter” klubining futbolchilar tayyorlash bo‘yicha O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi Markazini tashkil etish. Shuningdek, Italiyaning bolalar futboli bo‘yicha kuchli mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning boy tajribasidan unumli foydalanish ham rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda «Inter» klubining akademiyasi ochilishi mumkin