09:55 / 08.06.2018
4 186

Rossiya terma jamoasi tarkibi Muhammad Salohdan ham arzon

Rossiya terma jamoasi tarkibi Muhammad Salohdan ham arzon
Rossiya terma jamoasi tarkibining umumiy qiymati Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohnikidan ham arzon, deb xabar beradi Kun.uz.

Transfermakt ma’lumotiga ko‘ra, jahon chempionatida ishtirok etadigan rossiyalik futbolchilarning umumiy narxi 137,83 million yevroga teng. Saloh esa 150 million yevro turadi.

«Liverpul» hujumchisi Misr terma jamoasining eng qimmat futbolchisidir. Rossiyaliklar safida transfer narxi eng yuqori bo‘lgan futbolchi - Aleksandr Golovin (18 million yevro).

Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng qimmat tarkib Fransiya terma jamoasiniki ekani ma’lum bo‘ldi - 1,08 mlrd yevro. Ispaniya terma jamoasi undan sal orqada - 1,04 mlrd yevro. Braziliya terma jamoasi 950 million yevro qiymatli tarkib bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Eng arzon qiymatli tarkibga ega terma jamoalar - Peru (37 mln yevro), Saudiya Arabistoni (18,7 mln yevro) va Panama (9,43 mln yevro).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi tarkibi Muhammad Salohdan ham arzon