09:11 / 08.06.2018
3 806

O‘rtoqlik o‘yini. Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonni yirik hisobda yengdi

O‘rtoqlik o‘yini. Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonni yirik hisobda yengdi
Jahon chempionati arafarsiga bo‘lib o‘tayotgan o‘rtoqlik o‘yini O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushdi.

"Sentenario" stadionida kechgan uchrashuv Urugvayning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 32-daqiqasida de Arraskaeta hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikiinchi bo‘limning 9-daqiqasida Suares penaltini aniq amalga oshirdi. O‘yindagi so‘nggi gol 73-daqiqada Ximenes tomonidan kiritildi.

Urugvay – O‘zbekiston 3:0

Gollar: 1:0 – 32 de Arraskaeta, 2:0 – 54, penalti Suares, 3:0 – 73 Ximenes.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Maksi Pereyra (Laksalt, 59), Godin, Nandes (Rodriges, 46), Vesino (Torreyra, 59), de Arraskaeta (Sanches, 65), Bentankur, Suares (Stuani, 83), Kavani (Maksi Gomes, 76).
O‘zbekiston – Suyunov, Ashurmatov, Muxammadiyev (Otaxonov, 58), Komilov, Xamrobekov (Giyosov, 73), Sidikov (Shixov, 81), Turgunbayev (Yaxshiboyev, 58), Masharipov, Ganiyev (Aliboyev, 73), Azamov, Urinboyev (Abduxolikov, 46).
Ogohlantirishlar: Masharipov (8), Ashurmatov (57), Vesino (57).
Chetlatish: Komilov (79).

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘rtoqlik o‘yini. Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonni yirik hisobda yengdi