00:38 / 09.06.2018
3 799

Vitaliy Denisov «Lokomotiv»ni tark etadi

Vitaliy Denisov «Lokomotiv»ni tark etadi
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov Moskvaning «Lokomotiv» klubini tark etadi.

«Chempionat.ru» xabariga ko‘ra, «Lokomotiv»ning transfer kengashi o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslik haqida qaror qilgan.

O‘tgan mavsumda 31 yoshli futbolchi jarohatlar girdobida qoldi va atigi 11ta o‘yinda maydonga tushgan edi. Davolanib, maydonga qaytgach esa avvalgi saviyasiga chiqolmadi va raqobatda Lisov bilan Ribusga yutqazdi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer narxi 4 million yevroga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Denisov «Lokomotiv»ni tark etadi