23:14 / 10.06.2018
3 706

Braziliya Avstriyani yirik hisobda taslim etdi (video)

Braziliya Avstriyani yirik hisobda taslim etdi (video)
Braziliya terma jamoasi Avstriya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Gollarga Gabriel Jezus, Neymar va Filippe Koutino mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun Rossiyadagi mundial guruh bosqichida Braziliya termasi Shveysariya (17 iyun kuni)ga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushadi. Keyinroq esa Kosta-Rika (22 iyun kuni) va Serbiya (27 iyun kuni) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Avstriya – Braziliya 0:3 (0:1, 0:2)

Gollar:
0:1 – 36 Gabriel Jezus, 0:2 – 63 Neymar, 0:3 – 69 Koutino.

Avstriya – Lindner, Predl, Xinteregger, Alaba, Dragovich (Danzo, 70), Shopf (Xirlender, 58), Baumgartlinger, Shlager (Burgshtaller, 58), Grillich (Jul, 66), Arnautovich, Layner.

Braziliya – Alisson, Tiago Silva (Markinos, 60), Marselo (Filipe Luis, 67), Danilo, Miranda, Kazemiro (Fernandino, 61), Paulino, Koutino (Tayson, 76), Villian, Gabriel Jezus (Firmino, 67), Neymar (Duglas Kosta, 84).

Ogohlantirishlar: Shopf (38), Predl (54), Neymar (63).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliya Avstriyani yirik hisobda taslim etdi (video)