00:32 / 11.06.2018
4 064

Misr terma jamoasi Chechenistonga yetib keldi (foto)

Misr terma jamoasi Chechenistonga yetib keldi (foto)
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyadagi jahon chempionatiga tashrif buyurgan Misr terma jamoasini kutib oldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Bugun Misr terma jamoasi Grozniyga keldi. Jamoa musobaqa vaqtida shu yerda mashg‘ulot o‘tkazadi va istiqomat qiladi.

"Grozniy mehmonlarni samimiy va tantali kutib olishdi. Kuzatish yo‘llaridagi katta bannerlarda salomlashish so‘zlari bor. Rossiyaga xush kelibsiz!", – deya yozgan Qodirov o‘zining Telegramdagi kanalida.

Shuningdek, u Muhammad Salohning tashrifidan xursand ekanini aytgan.

Foto: VKontakte/Ramzan Kadirov
"Futbol muxlislari Salohning tiklanayotgani va jahon chempionatida ishtirok etmoqchi ekanidan juda xursand", – deya qo‘shimcha qilgan.

So‘ng Checheniston rahbari Misrning "Axmat-Arena"da o‘tgan ochiq mashg‘ulotiga tashrif buyurdi.
"Jahon chempionatida birinchi navbatda Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilamiz, qo‘shimcha tarzda esa – Misrga", – dedi Qodirov jurnalistlar bilan suhbatda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Misr terma jamoasi Chechenistonga yetib keldi (foto)