21:00 / 11.06.2018
3 556

Tite boshchiligidagi Braziliyani hech qaysi jamoa to‘xtata olmayapti

Tite boshchiligidagi Braziliyani hech qaysi jamoa to‘xtata olmayapti
Braziliya terma jamoasi JCh-2018 musobaqasiga tayyorgarlik bosqichining so‘nggi kunlarida Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Jamoaga Tite murabbiy etib tayinlangandan so‘ng, Braziliya 21 o‘yin o‘tkazdi va shularning bor-yo‘g‘i bittasida mag‘lubiyatga uchradi.

17 o‘yinda g‘alaba qozonildi, shu bilan bir qatorda shu o‘yinlaning 15tasida braziliyaliklar o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab qola oldilar. To‘plar nisbati 47:5.

2018 yilgi bahslarda Tite boshchiligidagi jamoa 4 o‘yinning barchasida zafar quchdi va ularning birida amaldagi jahon chempionlari Germaniya taslim etildi (1:0).

Braziliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Shveysariya (17 iyun, Rostov-na-Donu), Kosta-Rika (22 iyun, Sankt-Peterburg) va Serbiya (27 iyun, Moskva) termalari bilan kurash olib boradi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tite boshchiligidagi Braziliyani hech qaysi jamoa to‘xtata olmayapti