09:02 / 13.06.2018
3 192

Marko van Basten, Luish Figu, Perluiji Kollina va Umid Ahmadjonov (foto)

Marko van Basten, Luish Figu, Perluiji Kollina va Umid Ahmadjonov (foto)
Roppa rosa ikki kundan so‘ng Rossiyada to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri, futbol bo‘yicha Jahon Chempionati start oladi. Shu munosabat bilan ko‘zga ko‘ringan futbol amaldorlari, yulduzlar, murabbiylar va futbol sohasining mashhur kishilari Moskva shahrida jam bo‘ldi.

Bugun, 12 iyun sanasida FIFA Prezidenti Janni Infantino tashabbusi bilan konfederatsiyalar o‘rtasida o‘ziga xos o‘rtoqlik turniri tashkil qilindi. Unda FIFAga a’zo barcha konfederatsiyalar vakillari, jumladan UEFA, CONCACAF, AFC, OFC, CAF, CONMEBOL, hamda Jahon Chempionati tashkiliy qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Musobaqada dunyo futboli yulduzlari, jumladan, uch karra «Oltin to‘p» sohibi Marko van Basten, Portugaliya futboli afsonasi Luish Figu, sobiq referi Perluiji Kollina kabilar ham jam bo‘ldi.

MOQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra uchrashuvda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo futbol konfederatsiyasi tarkibida yuqorida sanab o‘tilgan futbol yulduzlariga qarshi maydonda to‘p surdi.

Mazkur turnir davomida MOQ rahbari JCh—2018 tashkiliy qo‘mitasi rahbari, Rossiya federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich bilan ham uchrashgan.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marko van Basten, Luish Figu, Perluiji Kollina va Umid Ahmadjonov (foto)