3 357
Belgiya termasi Kosta-Rikani yirik hisobda yengdi, Janubiy Koreya esa Senegalga yutqazib qo‘ydi
JCh-2018 musobaqasi boshlanishi oldidan bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdilar.
Senegal terma jamoasi Janubiy Koreya bilan bahs yuritdi va 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 67-daqiqada Kim Yon Gvon o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Konate senegalliklarning ikkinchi golini urdi.
Belgiya terma jamoasi esa Kosta-Rikaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda Yevropa vakillari irodali g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Belgiyaliklar safida Romelu Lukaku dubl qayd etgan bo‘lsa, Dris Mertens va Mishi Batshuayilar bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Senegal – Janubiy Koreya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 67, avtogol Kim Yon Gvon, 2:0 – 90, penalti Konate.
Senegal – Ndiay, Sabali, Sane, Vage, Kulibali, Kuyate, Ndiaye, Sarr, Mane, Nyang (Konate, 46), Sako.
Janubiy Koreya – Cho Xen U, Chan Xyon Su, Kim Yon Gvon, Li Yon, Kim Min U, Ki Son Yon, Li Che Son, Ku Cha Chhol, Li Sin U, Kim Sin Uk, Son Hin Min.
Belgiya – Kosta-Rika 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 24 Ruis, 1:1 – 31 Mertens, 2:1 – 42 Lukaku, 3:1 – 50 Lukaku, 4:1 – 64 Batshuayi.
Belgiya – Kurtua, Boyata (Dendonker, 66), Vertongen, Mene (Shadli, 46), Alderveyreld, de Bryuyne (Tilemans, 71), Ferreyra Karrasko, Vitsel, Azar (Dembele, 70), Mertens (Batshuayi, 52), Lukaku (Azar, 65).
Kosta-Rika – Navas, Akosta, Gonsales, Ovedo (Kalvo, 46), Duarte, Borxes (Asofeyfa, 76), Bolanos (Gusman, 62), Ruis (Kempbell, 66), Texeda, Gamboa (Smit, 66), Urenya (Venegas, 46).
Ogohlantirish: Gonsales (44).
Manba: www.uff.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?