22:53 / 18.06.2018
2 804

Germaniya chempionlik maqomini qanday saqlab qolishi mumkin?

Germaniya chempionlik maqomini qanday saqlab qolishi mumkin?
Germaniya amaldagi chempion maqomini saqlab qolish uchun qilgan ilk safarbarligi ish bermadi. Ular kutilmaganda Meksikadan kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, “nemis mashinasi” Jahon chempioni maqomini saqlab qolishi mumkin.

Buni amalga oshirish buyuk ish va ayni vaqtda qiyin masala hisoblanadi. Bir tarafdan ular musobaqani to‘rt yil avval yutgan, boshqa tomondan esa har qanday raqibga qarshi ular o‘zlarida kuch topa oladi.

Bu imkonsiz ish emas, lekin bunday holat so‘nggi marta 1962-yilda Braziliya erishganidan keyin biror marta qayta yuz bermadi.

Germaniya esa 2014-yilgi Mundialdan keyin iqtidorli futbolchilar bilan to‘ldirildi. Lam, Shvaynshtayger kabi yulduzlar iste’foga chiqqan bo‘lsada, butun mavsum davomida deyarli o‘ynamagan Manuyel Noyer yana safda terma jamoa sharafini himoya qilishga kirishdi.

Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Mundialda Germaniya quyida tilga olinadigan faktorlar tufayli chempionlik maqomini o‘zlarida saqlab qolishlari mumkin.

Tomas Myuller 5 gol urishi kerak
2010-yilda 20 yashar Myuller Germaniyaning bir qismiga aylana bordi. U o‘shanda terma jamoagacha 2 o‘yin o‘tkazib birorta gol ura olmagani holda yetib kelgandi. Myuller ilk golini guruh bosqichida urdi, pley-off bosqichida esa Angliyaga uchinchi va to‘rtinchi gollarni urib “yer tishlatdi”. U Ispaniyaga qarshi o‘yinda gol ura olmadi va jamoasi musobaqa bilan xayrlashdi. Myuller umumiy hisobda 5 gol urdi.

2014-yilda Myuller o‘z ishini ancha vaqtli amalga oshirdi. Portugaliyaga qarshi dastblabki turda xet-trikka erishdi. AQShga qarshi muhim uchrashuvda ajoyib gollaridan birini urdi. U shundan keyin yarim finalgacha raqib darvozasini aniq nishonga ololmadi. Yarim finalda esa tarixiy o‘yin – Braziliya 7-1 hisobida taslim qilingan “jang”ni ochib bergan edi.

Xo‘sh, 28 yoshli Tomas Myuller yana Germaniya safida navbatdagi Jahon Chempionatiga yetib keldi. Ayni vaqtda u terma jamoada 91 uchrashuv o‘tkazgan va 38 gol urgan. Jahon saviyasidagi futbolchiga aylangan. U yirik uchrashuvlarning haqiqiy to‘purariga aylangan. Taxmin qilib ko‘ringchi: u bu safar ham besh gol ura olarmikin?

Germaniya guruh bosqichida “sharmandali” mag‘lubiyatdan qochishi kerak
So‘nggi ikki Jahon chempionlari guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashgan. Ortga yaxshiroq nazar tashlasak, ushbu asrimizning 4 chempionlaridan 3 tasi sharmandali natijaga erishgan. Dastlab 2002-yilda bu qora an’anani Fransiya ochib berdi. Ular 1 ochko jamg‘arib va 0 gol urgan holda guruhda so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

2010-yilda italyanlar 2006-yilgi natijani takrorlaydi deb turganda, sharmandalarcha guruhda 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ular Fransiyadan farqli o‘laroq to‘rto gol urishdi va ikki ochko jamg‘arishdi. Shulardan bir ochkoni Yangi Zelandiyaga qarshi bahsda erishdi. Ishonmayapsiz-a?

O‘shandan to‘rt yil o‘tib esa, Ispaniya bu safar finalchi Gollandiya bilan guruh bosqichida to‘qnash keldi. Ispaniya esa yakunda guruhda uchinchi o‘rinni egalladi va musobaqa bilan erta xayrlashdi. Ispaniya avvalgi chempionlardan farqli o‘laroq bitta o‘yinni yutishga erishdi.

Germaniya esa Meksikadan mag‘lub bo‘ldi, endi Shvetsiya va Janubiy Koreyadan maksimal ochko tortib olishga majbur.

Joshua Kimmix porlashi kerak
Filipp Lam to‘rt yil avval Germaniya termasi sardori edi. U o‘sha vaqtda dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi edi. U Germaniya tarkibining alishtirib bo‘lmas o‘yinchisi edi. U shundan keyin Braziliyadagi chempionlikdan keyin terma jamoadan iste’foga chiqdi.

Bu esa Germaniya tarkibida o‘z asoratini yillar davomida qoldirishi kutilgan edi. Biroq Joshua Kimmixning kutilmaganda katta sahna chiqishi bu shubhalarni tarqatib yubordi. Uning Pep Gvardiola qo‘li ostida “Bavariya”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi terma jamoadagi og‘riqli nuqtani yopa oldi.

Kimmix terma jamoada o‘zini har tomonlama ko‘rsatmoqda. O‘ng qanot himoyachisi saralash bahslarida 9 golli uzatmani amalga oshirgan.

Kimmixdan Rossiyadagi Mundialda porlashini kutishimiz mumkin. Uning yaratuvchanligi maydonda bo‘sh zonalar topa olishiga yordam beradi. Kimmix o‘ziga o‘xshasa, Germaniyadan ko‘p narsani kutsak bo‘ladi.

3-o‘rin uchun kurashda uch gol
“Nemis mashinasi” 21-asrda to‘rtta Jahon Chempionatlarida ishtirok etdi. Ularning har birida Germaniya kamida yarim finalgacha borgan. 2002 va 2014-yillarda ular finalgacha borishgan. 2006 va 2010-yillarda bo‘lajak chempionlargagina yarim final bosqichida yutqazib qo‘ygan.

Agarda Germaniya yarim finalgacha bora olsa (buni ular 16 yildan beri bajarib kelmoqda) ular yutqazishi ehtimoli bor. Keyin ular 3-o‘rin kurashda boshqa yarim finalchilar bilan bahs olib borib uch gol urishi kerak. 2006-yilda ular Portugaliyani 3-1, 2010-yilda Urugvayni 3-2 hisobida mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Germaniya chempionlik maqomini qanday saqlab qolishi mumkin?