17:30 / 20.06.2018
4 628

Ravshan Ermatov qaysi bahsni boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Ravshan Ermatov qaysi bahsni boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida bosh hakam sifatida ishlayotgan Ravshan Ermatov 2-tur doirasidagi Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Bu o‘yin Ermatov uchun jahon chempionatlari tarixidagi 3-turnirda hakamlik qilishi bo‘ladi. Shuningdek o‘zbekistonlik hakam 10-uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlaydi. Ermatov bu orqali o‘zi tomonidan o‘rnatilgan mutlaq rekordni yangilaydi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar hech bir hakam JCh final bosqichi o‘yinlarida 10ta o‘yinni boshqarmagan.

Ma’lumot uchun, Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 21 iyun kuni Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov qaysi bahsni boshqarishi ma’lum bo‘ldi