20:25 / 20.06.2018
3 484

JCh-2018. Yaponiya va cenegallik futbol muxlislari barchani hayratda qoldirishdi (video)

JCh-2018. Yaponiya va cenegallik futbol muxlislari barchani hayratda qoldirishdi (video)
Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida, Yaponiya va senegallik futbol muxlislarining xulq-atvori bizni haytratda qoldirdi, - deb yozmoqda mahalliy OAVlar.

Kecha Saranskda bo‘lib o‘tgan Yaponiya – Kolumbiya o‘yinida Yaponiya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin tugaganidan keyin yaponiyalik futbol muxlislari o‘zlari o‘tirgan tribunalarda qoldirilgan barcha butilka, stakan va boshqa chiqindilardan tozalab ketishdi.

Xuddi shunday holat Moskvadagi “Spartak” stadionida Senegal va Polsha jamoasi o‘yinidan keyin ham kuzatilgan. Senegallik muxlislar terma jamoa g‘alabasidan so‘ng o‘zlari o‘tirgan sektorni chiqindilardan tozalab ketishgan. Bunga guvoh bo‘lgan muxlislar Youtube'da ushbu videolavhani joylashtirishgan.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Yaponiya va cenegallik futbol muxlislari barchani hayratda qoldirishdi (video)