22:13 / 20.06.2018
3 371

Urugvay pley-off masalasini ijobiy hal qildi

Urugvay pley-off masalasini ijobiy hal qildi
Urugvay terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichi 2-turida Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashdi va pley-off masalasini hal etib Rossiyani ham olib chiqdi.

Uchrashuvda Urugvay terma jamoasi to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi. Har ikki jamoa hujumlarga zo‘r bergan bo‘lsada o‘yinda atigi bitta gol urildi. Luis Saures 23-daqiqada o‘zining terma jamoadagi 100-o‘yinida jamoasiga g‘alaba olib kelgan golga mualliflik qildi.

Endi so‘nggi turda Rossiya va Urugvay birinchi o‘rin uchun kuch sinashsa, Misr va Saudiya Arabistoni rasmiyatchilik uchun ushbu mundialdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazishadi.

Urugvay – Saudiya Arabistoni 1:0 (1:0, 0:0).

Gol:
1:0 – 23 Suares.

Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Varela, Godin, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares.

Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Xausaui, Al-Shaxrani, Al-Breyk, Al-Bulayxi, Al-Djassim (Al-Mogaui, 44), Otayf, Al-Faradj, Al-Dosari, Baxebri (Kanno, 75), Al-Muvallad (Al-Saxlaui, 78).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Urugvay pley-off masalasini ijobiy hal qildi