20:30 / 21.06.2018
4 210

Xayrulla Hamidov jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydi

Xayrulla Hamidov jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydi
Bugun o‘zbek futbol muxlislarini Ravshan Ermatovning ishtirokidan tashqari, yana bir debyut kutib turibdi.

Mashhur futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov 12 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydigan bo‘ldi.
Bu kelishuv O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tashabbusi bilan amalga oshgan.

«Uzreport TV» kanali va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasiga yo‘llangan juda ko‘p murojaatlar va futbol muxlislari talab va istaklarini inobatga olib, «Uzreport TV» telekanali Xayrulla Hamidov bilan hamkorlik qiladigan bo‘ldi. Aslida MTRK “Sport” xodimi bo‘lgan sharhlovchi Xayrulla Hamidov mundial paytida shartnoma asosida, «Uzreport TV» va «Futbol» kanallarida jonli translyatsiya qilinadigan ba’zi o‘yinlarini sharhlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydi