01:07 / 22.06.2018
4 221

JCh-2018: Xorvatiya Argentinani "yanchib tashladi"

ЖЧ-2018: Хорватия Аргентинани "янчиб ташлади"
JCh-2018 musobaqasi "D" guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Argentina hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. “Nijniy Novgorod Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda xorvatlarning qo‘li baland keldi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi va maydonda keskin kurash bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim debyuti esa Yevropa vakillariga omadli keldi.

53-daqiqada Argentina larvozaboni Villi Kabalero qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni sherigiga emas Ante Rebichga tashlab berdi, xorvatiyalik futbolchi esa to‘pni to‘xtatib o‘tirmay darvozani aniq nishonga oldi.

Ushbu goldan so‘ng ham janubiy amerikaliklar o‘zlariga kela olmadilar va hujumlarda keskinlik yetishmadi.

80-daqiqada Luka Modrich jarima maydoni tashqarisida himoyachini aldab o‘tdi va chiroyli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Ivan Rakitich jamoasining qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu tariqa, Xorvatiya ochkolarini 6taga yetkazgan holda guruh masalasini hal qildi, Argentina esa juda qiyin vaziyatga tushib qoldi.

JCh-2018
"D" guruhi 2-tur

Argentina – Xorvatiya 0:3 (0:0, 0:3)

Gollar:
0:1 – 53 Rebich, 0:2 – 80 Modrich, 0:3 – 90 Rakitich.

Argentina – Kabalero, Otamendi, Merkado, Talyafiko, Maskerano, Peres (Dibala, 68), Salvio (Pavon, 56), Mesa, Akunya, Messi, Aguero (Iguain, 54).

Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich, Vrsalko, Vida, Modrich, Brozovich, Perishich (Kovachich, 82), Rakitich, Rebich (Kramarich, 57), Mandjukich (Chorluka, 90).

Ogohlantirishlar: Rebich (39), Merkado (51), Mandjukich (58), Vrsalko (67), Otamendi (85), Akunya (87), Chorluka (90), Talyafiko (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018: Xorvatiya Argentinani "yanchib tashladi"