20:55 / 22.06.2018
3 438

JCh-2018. Braziliya so‘nggi daqiqalarda Kosta-Rikani mag‘lub etdi (video)

JCh-2018. Braziliya so‘nggi daqiqalarda Kosta-Rikani mag‘lub etdi (video)
Bugun, 22 iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Odatdagidek, kun taqvimidan 3 ta o‘yin o‘rin olgandi.

Kunning ilk o‘yini «E» guruhi ikki jamoasi — Braziliya hamda Kosta-Rika termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv birinchi bo‘lim golsiz durang bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 90+1 daqiqasida Filippe Koutino Gabriel Jezusning uzatmasini Keylor Navas darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Neymar ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Braziliya - Kosta-Rika 2:0

Gollar:
Koutino (90), Neymar (90+6).

Braziliya:
1. Alisson Bekker, 2. Tyago Silva, 3. Joao Miranda, 12. Marselo, 22. Fagner, 5. Kasemiro, 11. Filippe Koutino, 15. Paulino (Roberto Firmino, 68), 19. Villian (Duglas Kosta, 46), 9. Gabriel Jezus (Fernandino, 90+3), 10. Neymar.

Kosta-Rika:
1. Keylor Navas, 2. Jonni Akosta, 3. Jankarlo Gonsales, 6. Oskar Duarte, 8. Brayan Oviyedo, 16. Kristian Gamboa (Fransisko Kalvo, 75), 5. Kelso Borges, 10. Brayan Ruis, 20. David Guzman (Yeltsin Texeda, 83), 11. Yoxan Venegas, 21. Markos Urenya (Kristian Bolanos, 54).

Ogohlantirish: Neymar (81), Koutino (81), Jonni Akosta (84).

Mazkur uchrashuvning eng qiziqarli vaziyatlari va urilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Braziliya so‘nggi daqiqalarda Kosta-Rikani mag‘lub etdi (video)