4 942
O‘zbek xalqi, futboli, palovi va O‘zbekistonga nisbatan hech qanday xusumatim yo‘q - Utkin
Rossiyalik sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin Telegram kanalida futbol muxlislari uchun bayonot berdi, deb yozadi Sputnik nashri.
"Ravshan Ermatov a’lo darajadagi hakam. Hakam haqida hech qachon yomon so‘z aytmagan ishqiboz yo‘q. Va yomon so‘z bilan tilga olinmagan hakam ham yo‘q. Ravshan Ermatov a’lo darajadagi hakam, lekin u hakam. Va u bilan ham boshqa hakamlar bilan ro‘y bergan voqealar yuz beradi.
Mening o‘zbek xalqi, futboli, palovi va umuman, O‘zbekistonga nisbatan hech qanday xusumatim yo‘q. Ammo ishqibozlik qilishga, aqlimni yo‘qotishga va sizlar kabi omadimni sinashga haqqim bor.Agar buni tushunmasangiz, demak sizlar ishqiboz emassizlar. Yoki o‘zingizga tashqaridan nazar sola olmaysiz.
Ravshan Ermatovni, uning oilasi, yaqinlari, do‘stlari va vatandoshlarini barcha foydali va ezgu ishlarida Xudoning o‘zi qo‘llasin, mingga kirsin va hamisha sog‘ bo‘lsin!", deb yozadi Utkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya bahsini boshqargan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovni Tvitterida haqorat qilgan va bu ko‘plab futbol ishqibozlarining g‘azabini keltirgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi