19:55 / 24.06.2018
4 215

"Navbahor" Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma imzoladi

"Навбаҳор" Черногория терма жамоаси ҳужумчиси билан шартнома имзолади
Joriy mavsum o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan Namanganning “Navbahor” klubi ayni paytdagi transfer oynasidan samarali tarzda foydalanishga harakat qilmoqda.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha “lochinlar” kecha o‘z safiga chernogoriyalik hujumchi Darko Nikachni qo‘shib olishdi. U 1990 yilning 15 sentyabrida tavallud topgan. O‘tgan mavsumni Podgoritsaning “Buduchnost” jamoasida o‘tkazib, milliy chempionat bahslarida 9 ta, mamlakat kubogi o‘yinlarida 3 ta – jami 12 ta gol urgan. “Buduchnost” klubi o‘tgan mavsumda 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, kumush medal sohibiga aylangan. Undan oldingi mavsumda esa mazkur jamoa chempion bo‘lgan.

Qayd etish lozimki, Darko Nikach Chernogoriya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. "Navbahor"ning yangi legioneri 30-raqam ostida to‘p suradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" Chernogoriya terma jamoasi hujumchisi bilan shartnoma imzoladi