JCh-2018 H guruhi 2-turida Yaponiya terma jamoasi «Yekaterinburg-Arena» stadionida Senegal bilan kuch sinashdi. Juda ham shiddatli kechgan bahsda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Uchrashuvga har ikki jamoa vakillari yuqori kayfiyatda va hisobida 3 ochko bilan kelishdi. Yaponiya ham Senegal ham uchrashuvni kuchli boshlashdi. Birinchi golni Senegal termasi yetakchisi Mane 11-daqiqada kiritdi. Oradan 23 daqiqa o‘tib yaponlar oradagi farqni yo‘qqa chiqarishdi, gol muallifi Inui. Jamoalar shu hisob bilan tanaffusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘limda ham birinchisi kabi Afrika vakillari osiyoliklarni ranjitishdi Vage 71-daqiqada to‘p kiritib yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Zahiradan maydonga tushgan Keysuki Xonda 78-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Jamoalar shu tariqa o‘yinni yakunlashdi va 1 ochkodan jamg‘arib pley-offga imkoniyatlarini yaxshilab olishdi.
Uchrashuvning qisqacha tafsilotlari va urilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Yaponiya – Senegal 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 11 Mane, 1:1 – 34 Inui, 1:2 – 71 Vage, 2:2 – 78 Xonda.
Yaponiya – Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Sibasaki, Xasebe, Kagava (Xonda, 72), Xaraguti (Okadzaki, 75), Inui (Usami, 87), Osako.
Senegal – Ndiay, Sane, Vage, Sabali, Kulibali, Ndiaye (Ndoye, 81), Guye, Sarr, Ndiaye (Kuyate, 65), Mane, Nyang (Diuf, 86).
Ogohlantirishlar: Nyang (59), Inui (68), Sabali (90), Ndoye (90).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi