11:28 / 25.06.2018
2 493

Yosh muaytaychilarimiz xalqaro turnir yarim finaliga yo‘l oldi (foto)

Yosh muaytaychilarimiz xalqaro turnir yarim finaliga yo‘l oldi (foto)
Xabaringiz bor, shu kunlarda Qirg‘zistonning Issiqko‘l shahrida muay tay bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarimiz muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.

Kecha o‘tkazilgan chorak final janglaridan so‘ng besh nafar sportchimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ular bu bosqichda Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan raqiblarini mag‘lub etishdi.

Yoshlar o‘rtasidagi K-1 yo‘nalishida Abdurashid Baxtiyorov (27 kg), Ibrohim Raimjonov (30 kg), Ne’matullo Abdurazzoqov (33 kg), Bahromjon Tog‘ayev (36 kg) va Temur Allamurodov (45 kg) final yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Musobaqa 27 iyunga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yosh muaytaychilarimiz xalqaro turnir yarim finaliga yo‘l oldi (foto)