14:17 / 25.06.2018
3 832

Ravshan Ermatov muxlislaridan minnatdorligini ma’lum qildi

Ravshan Ermatov muxlislaridan minnatdorligini ma’lum qildi
“Xalq so‘zi onlayn” nashri eksklyuziv intervyu olish maqsadida hakamimiz bilan bog‘langanligini ma’lum qildi. Ravshan Ermatov FIFA tartiblariga binoan hozircha intervyu bera olmasligini, ammo butun O‘zbekiston xalqi, qolaversa, Osiyo qit’asidagi muxlislarining qo‘llab-quvvatlashlarini qalban his qilayotganini va bundan cheksiz hayajonda ekanini bildirdi.

— Yurtimiz sha’nini futbol dunyosining eng yuksak turnirida himoya qilayotganimdan boshim osmonda. Ijtimoiy tarmoqlardagi minglab sahifalarda vatandoshlarimning ezgu tilaklarini, quvonchli fikrlarini o‘qib, shu zamin farzandi ekanimdan, o‘zbek hakamlik maktabining obro‘si uchun o‘z hissamni qo‘shayotganimdan faxr-iftixorga to‘ldim, — dedi Ravshan Ermatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov muxlislaridan minnatdorligini ma’lum qildi