23:39 / 26.06.2018
3 848

O‘zbekiston OTJ Ummonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston OTJ Ummonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Joriy yilning 17 iyun kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish uchun Turkiyaga Jo‘nab ketgani haqida xabar berib o‘tgan edik.

Terma jamoamiz a’zolari Turkiyaning Kartepe shahrida joylashgan sport bazasida kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi olimpiya terma jamoasiga, yig‘in davomida maksimal tayyorgarlik ko‘rishi uchun bir qator shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.Jumladan 28 iyun kuni Turkiya yig‘ini doirasida olimpiya terma jamoamiz vakillari Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz ushbu terma jamoa 2018 yilning 18 avgustidan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston OTJ Ummonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi