01:07 / 01.07.2018
3 946

JCH-2018 1/8 final. Urugvay Kavanining dubli evaziga Portugaliyani mag‘lub etdi

JCH-2018 1/8 final. Urugvay Kavanining dubli evaziga Portugaliyani mag‘lub etdi
JCH-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Urugvay hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Fisht” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda urugvayliklarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv ikki tomonning xavfli hujumlari bilan boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish urugvayliklarga nasib etdi. 7-daqiqada Edinson Kavanining dioganal uzatmasidan so‘ng Luis Suares chap qanotdan hujumga o‘tdi va to‘pni jarima maydoniga uzatdi, u yerda paydo bo‘lgan Kavani boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti Yevropa vakillariga omadli keldi. 55-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni Pepe boshi bilan darvozaga yo‘naltirdi va muvozanatni tiklashga erishdi.

62-daqiqada Pepening himoyada yo‘l qo‘ygan xatosi qimmatga tushdi, Kavani jarima maydoni tashqarisidan zarba berib, to‘pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo‘ydi va o‘yindagi dublini nishonladi.

Qolgan vaqt davomida Portugaliya bir qator xavfli hujumlarni tashkil qilishga erishdi, biroq portugallar gol ura olmadilar.

Shu tariqa, Urugvay turnirdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan holda 1/8 finalga yo‘l oldi. Portugaliya esa o‘z yurishini ushbu bosqichda to‘xtatdi.

JCH-2018
1/8 final

Urugvay – Portugaliya 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar:
1:0 – 7 Kavani, 1:1 – 55 Pepe, 2:1 – 62 Kavani.

Urugvay – Muslera, Godin, Ximenes, Kaseres, Nandes (Sanches, 81), Laksalt, Bentankur (Rodriges, 63), Torreyra, Vesino, Kavani (Stuani, 74), Suares.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Rikardu Pereyra, Fonte, Adriyen Silva (Kuarejma, 65), Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 74), Bernardu Silva, Joau Mariu (Fernandesh, 85), Ronaldu.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2018 1/8 final. Urugvay Kavanining dubli evaziga Portugaliyani mag‘lub etdi