23:34 / 02.07.2018
3 018

Braziliya ishonchli tarzda Meksikani mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi

Braziliya ishonchli tarzda Meksikani mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi
JCH-2018 1/8 finalda Braziliya terma jamoasi ushbu bosqichda 1994 yildan buyon omadsiz o‘ynab kelayotgan Meksika bilan to‘qnash keldi. Neymar va Firminoning gollari braziliyaliklarga Lotin Amerikasi derbisida g‘alaba olib berdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va ilk daqiqalar kutilmaganda Meksikaning ustunligida kechdi. Birinchi bo‘limda jamoalar xavfli hujumlari bilan hisobni ochishga yaqin bo‘lishdi. Biroq himoyachi va darvozabonlarning yaxshi o‘yini gol ko‘rishimizga sabab bo‘lmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Meksika o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Biroq 51-daqiqada Neymar Villianning jarima maydoniga uzatgan pasidan so‘ng bo‘sh darvozani ishg‘ol qilib hisobni ochdi. O‘yin keskin va qo‘polliklarga boy kechdi. Neymarning o‘ziga nisbatan meksikaliklar bir necha marotaba qoida buzishdi.

Goldan keyin Meksika hujumga bor kuchini tashladi. Braziliya esa qarshi hujumdan harakat qildi va zahiradan tushgan Firmino 88-daqiqada hisobni oshirdi. O‘yin shu tarzda yakunlandi va Meksika ushbu mundialda ham 1/8 finalda qolib ketdi.

Braziliya chora kifnalda Yaponiya - Belgiya uchrashuvi g‘olibi bilan kurash olib boradi. Ushbu o‘yinning matnli translyatsisi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

JCH-2018 1/8 final

Braziliya – Meksika 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar:
1:0 – 51 Neymar, 2:0 – 88 Firmino.

Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Filipe Luis, Fagner, Miranda, Paulino (Fernandino, 80), Kazemiro, Koutino (Firmino, 86), Villian (Markinos, 90), Neymar, Gabriel Jezus.

Meksika – Ochoa, Ayyala, Markes (Layyun, 46), Alvares (Dos Santos, 55), Salsedo, Guardado, Galyardo, Vela, Errera, Losano, Ernandes (Ximenes, 60).

Ogohlantirishlar: Alvares (38), Filipe Luis (43), Errera (55), Kazemiro (59), Salsedo (77)

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Braziliya ishonchli tarzda Meksikani mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi