01:02 / 03.07.2018
4 253

Belgiya termasi Yaponiyaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini yo‘qqa chiqarib, chorak finalga yo‘l oldi

Belgiya termasi Yaponiyaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini yo‘qqa chiqarib, chorak finalga yo‘l oldi
JCH-2018 musobaqasi 1/8 finalidan o‘rin olgan Belgiya hamda Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Rostov Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda Yevropa vakillarining qo‘li baland keldi.

Birinchi bo‘limning ilk daqiqalari kutilmaganda Yaponiyaning hujumlari bilan boshlandi, biroq oradan biroz vaqt o‘tib ustunlik Yevroap vakillari tomonigav o‘tdi. Ammo yaponlarning qarshi hujumlari ancha xavfli bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti qit’adoshlarimizga omadli keldi, 48-daqiqada Yaponiya qarshi hujumda gol urishga muvaffaq bo‘ldi: markazdan uzatilgan to‘pni Yann Vertongen xatoga yo‘l qo‘yib Genki Xaraguchini o‘tkazib yubordi, Xaraguchi esa darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba berishda adashmadi.

Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas Yaponiyaning yana bir hujumi gol bilan tugadi, Shinji Kagava raqib jarima maydoni tashqarisida to‘pni Takashi Unuiga uzatdi, “Betis” futbolchisi uzoq masofadan darvozani aniq nishonga olgan holda jamoasining ikkinchi golini urdi.

Shundan so‘ng ham Yaponiya himoya haqida o‘ylamay nomdor raqibi bilan tengma-teng hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. 69-daqiqada Vertongen xatosini to‘g‘irlashga muvaffaq bo‘ldi: standart vaziyatdan so‘ng Yann qatgan to‘pni boshi bilan darvoza tomon yo‘naltirdi va to‘p kavashimaning ustidan o‘tib darvozadan joy oldi.

74-daqiqada Eden Azar chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, u yerda Maruan Fellaini yuqori qavatda himoyachilardan ustun keldi va to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘naltirdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida belgiyaliklar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi va Nosir Shadli jamoasining g‘alaba to‘ini kiritdi.

JCH-2018
1/8 final

Belgiya – Yaponiya 3:2 (0:0, 3:2)

Gollar:
0:1 – 48 Xaraguti, 0:2 – 52 Inui, 1:2 – 69 Vertongen, 2:2 – 74 Fellayni, 3:2 – 90+4 Shadli.

Belgiya – Kurtua, Kompani, Vertongen, Menye, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Shadli, 65), Vitsel, Azar, Mertens (Fellayni, 65), Lukaku.

Yaponiya – Kavashima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Xasebe, Shibasaki (Yamaguchi, 81), Kagava, Xaraguchi (Xonda, 81), Inui, Osako.

Ogohlantirishlar: Shibasaki (40).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belgiya termasi Yaponiyaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobini yo‘qqa chiqarib, chorak finalga yo‘l oldi