10:57 / 05.07.2018
3 819

Murodjon Ahmadaliyev Argentinalik raqibga qarshi jang qiladi

Murodjon Ahmadaliyev Argentinalik raqibga qarshi jang qiladi
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempionati finalchisi, Osiyo chempioni Murodjon Ahmadaliyev professional ringdagi uchinchi jangini 14 iyul kuni o‘tkazadi.

Ahmadaliyev o‘sha kuni argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga ko‘tariladi. Ma’lumot uchun, Molina bungacha professional ringda 12 ta jang o‘tkazgan. Shu janglarning 7 tasida u raqiblarini mag‘lub etgan (2 tasida nokaut evaziga). To‘rtta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgan.

Murodjon esa prof boksda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Argentinalik raqibga qarshi jang qiladi