23:03 / 07.07.2018
4 316

OAV: Balotelli yangi klubida rekord miqdorda maosh oladi

OAV: Balotelli yangi klubida rekord miqdorda maosh oladi
«Marsel» klubi Italiya terma jamoasi hujumchisi Mario Balotellini o‘z safiga qo‘shib olish niyatiga yetish arafasida. Fransuz OAVda aytilishicha, «Nitssa» bilan shartnoma muddati yakuniga yetib, 30 iyundan e’tiboran erkin agentga aylangan Balotelli Marsel shahrida faoliyatini davom ettirish ehtimoli yuqori.

Marselliklar italiyalik hujumchi uchun klub tarixidagi rekord summa – oyiga 600 ming yevro maosh (haftasiga 140 ming) taklif qilishgan. Balotelli taklifga rozilik bildirgani aytilmoqda. Yaqin orada ikki tomon 2021 yil yozigacha bo‘lgan muddatga shartnoma imzolashlari kutilyapti.

Mario Balotelli «Nitssa»dagi ikki yillik faoliyatidan oldin «Milan», «Liverpul» va «Manchester Siti» kabi top-klublarda to‘p surgan.

Avvalroq unga Xitoy klublaridan biri yirik miqdorda – yillik 30 million yevro maosh taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Manba: tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OAV: Balotelli yangi klubida rekord miqdorda maosh oladi