11:10 / 09.07.2018
3 381

Xosep Gvardiola Argentina termasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Xosep Gvardiola Argentina termasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) va mahalliy biznesmenlar guruhi Xosep Gvardiolani Argentina terma jamoasi bosh murabbiyligiga taklif etmoqchi, deb xabar berdi Kun nashri.

Argentina telekanalining xabariga ko‘ra, AFA rahbariyati Gvardiolaga yiliga 12 million yevro maosh berishga tayyor bo‘lib, uning yarmi assotsiatsiya, qolgan yarmi biznesmenlar tomonidan to‘lanadi.

Gvardiola ayni paytda «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilgacha bo‘lib, maoshi yiliga 21 million yevroni tashkil etadi.

Telekanalning qayd etishicha, Gvardiola jahon chempionatida g‘olib chiqish va yana Lionel Messi bilan birga ishlash xohishi tufayli Argentina terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola Argentina termasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin