07:00 / 10.07.2018
3 515

Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unda qayd qilinishicha, “Barselona“ sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike terma jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylangan. Enrike federatsiya bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, JCh boshlanishidan oldin terma jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Real“ bosh murabbiyi etib tayinlangani e’lon qilingan va bunday qarorni kutmagan mamlakat futboli rahbarlari JCh boshlanishiga bir kun qolganda uni lavozimidan ozod qilgandi. Terma jamoani mundialda Fernando Yerro vaqtinchalik murabbiy sifatida boshqardi.

Ispaniya terma jamoasi JCh-2018 musobaqalarida 1/8 finalga qadar yetib bordi. Aynan shu bosqichda terma jamoa Rossiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi