14:56 / 10.07.2018
3 732

Shota Arveladze: "Issiq havoda futbol o‘ynash qiyin"

Шота Арвеладзе: "Иссиқ ҳавода футбол ўйнаш қийин"
"Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Buxoro"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Tanaffusdan keyin boshlash hamisha qiyin. Bir oycha rasmiy o‘yinda maydonga tushmadik. Yana avvalgi sur’atga qaytishimiz talab etiladi. Issiqda futbol o‘ynash qiyin, futbolchilar yuqori tezlikda harakat qilmaydi. Biz uchrashuvda nazoratni qo‘lga oldik. Birinchi bo‘limda vaziyatlardan foydalanib, o‘yinni tugatish imkoniyatiga ega edik. Ammo "Buxoro" ham yaxshi jamoa, ular himoyada kam xato qilishadi.

G‘alabani yaxshi start deb hisoblayman. Oldimizda tig‘iz taqvim turibdi. Tarkibni yaxshi kuchaytardik, bu bizga rotatsiyani amalga oshirishga imkon beradi. Hali qiyin raqiblar bilan o‘yinlar kutmoqda. Hech bir uchrashuvni yengil kechadi deb bo‘lmaydi", - deydi Arveladze.

Manba: www.pakhtakor.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Issiq havoda futbol o‘ynash qiyin"