15:55 / 10.07.2018
3 652

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida hujumkor o‘yin namoyish qilmoqchi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida hujumkor o‘yin namoyish qilmoqchi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi avgust oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida hujumkor o‘yin namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa yanvar oyida Xitoyda bo‘lgan Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Shundan buyon jamoa bir nechta yig‘inlarda ishtirok etdi va o‘yin uslubini takomillashtirishga harakat qilmoqda. Jumladan, o‘tgan oy oxirida Turkiyada o‘tkazilgan yig‘inda olimpiyachilarimiz to‘pga egalik qilishga asoslangan o‘yin taktikasini sinovdan o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarida yoshi katta futbolchilardan Ikrom Aliboyev va Aziz Turg‘unboyev terma jamoaga jalb etilishi aytilgan edi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida hujumkor o‘yin namoyish qilmoqchi