16:27 / 10.07.2018
4 591

Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yindan avval bizga O‘FAdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi"

Рўзиқул Бердиев: "Ўйиндан аввал бизга ЎФАдан қўнғироқ бўлди"
Pepsi Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” (1:1) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev quyidagi fikrlarini bildirdi.

"Bugun futbol akademiyamiz tarbiyalanuvchilari, yosh futbolchilarimiz bilan o‘ynadik. Ular tahsinga sazovor o‘yin namoyish etishdi. Qo‘lidan kelgancha o‘ynashdi, hattoki “Navbahor”dek jamoaga ustunlik ham qilishdi. Shaxsan o‘zim bugun maydonga tushgan futbolchilarimizdan minnatdorman. Nega biz bugun bunday tarkib bilan maydonga tushdik? O‘yin boshlanishiga ikki soat vaqt qolganida Assotsiatsiyadan qo‘ng‘iroq qilishib, to‘rt nafar o‘yinchimizning maydonga tushishiga ruxsat yo‘qligini aytishdi, albatta bu biz uchun kutilmagan hol bo‘ldi.

Bugungi o‘yinga mo‘ljallagan rejamiz ham, tarkibimiz ham o‘yin boshlanishi oldidan o‘zgarib ketdi. O‘zlaringiz ko‘rdilaringiz, ikkinchi bo‘limni yana ikkita yo‘qotish bilan boshladik, bu holat ham o‘yinimizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bugun asosan yosh futbolchilarimiz maydonga tushishdi, ular g‘alabaga munosib o‘ynashdi. Aniq aytaman, yosh tarkbimiz bugun g‘alabaga loyiq edi. Bu yoshlarimiz o‘zbek futbolining kelajagi. Bu futbolchilar kelgusida Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishadi. Biz O‘zbekiston futboli uchun ishlayapmiz. Demak, bu yosh futbolchilarning kelajagi oldinda.

Aziz G‘aniyev bugungi uchrashuvda jarohat oldi, uning jarohati qanchalik jiddiyligini endi aniqlaymiz. Umid qilamiz, uning jarohati jiddiy emasligidan. Biz shu futbolchilarimiz bilan ham muxlislarimiz uchun mazmunli va chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. So‘zim so‘nggida bizga ishqibozlik qilayotgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman", - deb Ro‘ziqul Berdiyev so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Nasaf" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "O‘yindan avval bizga O‘FAdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi"