01:25 / 11.07.2018
3 889

Fransiya termasi Belgiyani mag‘lub etgan holda ilk finalchiga aylandi

Fransiya termasi Belgiyani mag‘lub etgan holda ilk finalchiga aylandi
JCh-2018 musobaqasi yarim finalidan o‘rin olgan Fransiya hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi. “Sankt-Peterburg Arena”da bo‘lib o‘tgan bahsda Fransiyaning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv belgiyaliklarning ustunligida boshlandi, biroq vaqti-vaqti bilan Fransiyada ham xavfli hujumlar yuzaga keldi. Hujumkor ruhda o‘tgan birinchi bo‘limda gol urilmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham belgiyaliklarning bir qator hujumlari bilan boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish fransuzlarga nasib etdi. 51-daqiqada Fransiya standart vaziyatni golga aylantirdi: Samuel Umtiti burchakdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng Belgiya yanada hujumga zo‘r berdi, Fransiya esa qarshi hujumda bir qator vaziyatlarga ega bo‘ldi, biroq so‘nggi zarbalardagi noaniqlik “uchranglilar”ga pand berdi. Shu bilan o‘yin yakuniga qadar gol bo‘lmadi va Fransiya finalga yo‘l oldi.

JCh-2018
Yarim final

Fransiya – Belgiya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol:
1:0 – 51 Umtiti.

Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante, Pogba, Matyuidi (Tolisso, 86), Grizmann, Jiru (Nzonzi, 85), Mbappe.

Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Kompani, Shadli (Batshuayi, 90), Vitsel, de Bryuyne, Fellayni (Ferreyra Karrasko, 80), Dembele (Mertens, 60), Azar, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Azar (63), Alderveyreld (71), Kante (87), Mbappe (90), Vertongen (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiya termasi Belgiyani mag‘lub etgan holda ilk finalchiga aylandi