07:00 / 11.07.2018
4 313

Rasman! «Lokomotiv» Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov va Pogrebnyakni o‘z safiga qo‘shib oldi

Rasman! «Lokomotiv» Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov va Pogrebnyakni o‘z safiga qo‘shib oldi
Yozgi yig‘inni Belarusning Minsk shaxrida o‘tkazgan “Lokomotiv” Pepsi Superligasida ochilgan transfer oynasidan unumli foydalangan holda o‘z safini mahoratli, nomdor, milliy terma jamoamizning acosiy futbolchilari va rossiyalik legioner futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

“Lokomotiv”ning yangi futbolchilari bilan tanishing:

Anzur Ismoilov
Bo‘yi:
190 sm
Og‘irligi: 83 kg
Ampluasi: himoyachi

1985 yil Samarqand shaxrida tavallud topgan. O‘z faoliyatini Samarqandning “Dinamo” klubida boshlagan. 2002-2003 yilgi mavsumni sobiq “Traktor” jamoasida o‘tkazgan. 2003 mavsumdan boshlab esa poytaxtning yana bir jamoasi “Paxtakor” safiga borib qo‘shilgan. 6 yil “Paxtakor” safida to‘p surgan futbolchi 2010 yil “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma imzolagan va klub sharafini 1 yil himoya qilgan. 2011 yildan boshlab esa legioner futbolchi maqomini olgan Anzur Ismoilov Xitoyning “Chanchun Yatay” klubiga borib qo‘shilgan. 7 yil davomida himoyachi xitoyliklar safida 186 marta maydonga tushib 12 marta raqiblar darvozasini nishonga olgan. 2007 yildan beri Anzur Ismailov 82 marta O‘zbeksiton milliy terma jamoasi libosida maydonga tushgan. “Chanchun Yatay” klubi bilan shartnomasi yakunlangan Anzur O‘zbekistonga, “Lokomotiv” safiga kelib qo‘shildi. Futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolandi.

Temurxo‘ja Abduholiqov
Bo‘yi:
187 sm
Og‘irligi: 87 kg
Ampluasi: hujumchi

Temurxo‘ja 1991 yil Toshkent shaxrida tavallud topgan. Professional futbolda dastlabki o‘yinini 2009 yil “Bunyodkor” klubi safida boshlagan. “Qaldirg‘ochlar” safida 3 mavsum o‘tkazgan xujumchi 2011 yil “Paxtakor” safiga borib qo‘shilgan. “Sherlar” safida ham uch mavsum o‘tkazgan Temurxo‘ja 64 ta o‘yinda maydonga tushib 22 ta gol kiritishgan muvaffaq bo‘lgan. 2014 yil mavsumi yakunlangan u Xorvatiyaning kuchli klublaridan biri “Xayduk” bilan shartnoma imzoladi va bir mavsum Yevropada to‘p surdi. 2015 yil “temiryo‘lchilar” bilan shartnoma imzoladi va o‘zining eng yorqin 2 mavsumini o‘tkazdi. “Lokomotiv” safida Temurxo‘ja O‘zbekiston vitse-chempioni, O‘zbekiston Kubogi, O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi. 2016 yil mavsumning eng yaxshi to‘purari unvonini qo‘lga kiritdi va bir necha nashrlar tomonidan “Yilning eng yaxshi futbolchisi” unvoniga sazovor bo‘ldi. 2017 yil esa hujumchi Qatarning “Al-Sayliya” klubi safiga o‘tdi. Qatar Superligasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 11 marta nishonga oldi. 2018 yil mavsumning 2 yarmida o‘zining qadrdon jamoasiga aylanib ulgurgan “Lokomotiv” bilan yana shartnoma imzoladi.

Nikolay Pogrebnyak
Bo‘yi: 185 sm
Og‘irligi: 77 kg
Ampluasi: himoyachi

1992 yil Moskvada tug‘ilgan Nikolay dastlabki faoliyatini “Timiryazevets” maktabida boshlagan. 2010 yildan professional karerasini Tomsk shaxrining “Tom” jamoasida boshlagan. Keyinchalik, 2015-2016 yillarda Moskvaning “Torpedo”, Stavropol shaxrining “Dinamo” jamoalari safida to‘p surgan. Faoliyati davomida hujumchi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida harakat qilgan.

Kolya Rossiya terma jamoasining mashxur sobiq futbolchisi Pavel Pogrebnyakning ukasi.

Manba: lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! «Lokomotiv» Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov va Pogrebnyakni o‘z safiga qo‘shib oldi