07:30 / 11.07.2018
3 289

Sampaoli Argentina terma jamoasida qoladi

Sampaoli Argentina terma jamoasida qoladi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli o‘z lavozimida qoladi.

Argentina matbuotining xabar qilishicha, mutaxassis va Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng shu qarorga kelingan.

58 yoshli mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa JCh-2018 1/8 finaliga qadar yetib bordi.

Ushbu turnirda Argentina ikki mag‘lubiyat, bittadan g‘alaba va durang qayd etdi.

Sampaolining terma jamoa bilan amaldagi shartnomasi besh yilga mo‘ljallangan. Ushbu kelishuv Amerika Kubogi-2019 musobaqasidan so‘ng bekor qilinishi mumkin.

Muddatidan oldin bekor qilingan shartnoma uchun AFA mutaxassisda 8 mln yevro miqdorida kompensatsiya puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sampaoli Argentina terma jamoasida qoladi