22:53 / 11.07.2018
2 682

Ronaldu – hammasidan qochib ketmoqchimidi?

Ronaldu – hammasidan qochib ketmoqchimidi?
JCh-2018ning hal qiluvchi o‘yinlari o‘tib borayotgan bir paytda, butun futbol olami o‘z fikrini mundialdan chalg‘ishga majbur qilgan xabar paydo bo‘ldi: Ronaldu – «Yuventus» klubi futbolchisi. Ushbu transferning sabablarini siz bilan quyida muhokama qilamiz.

Pul uchun kurash

Ushbu voqea yanvar oyida boshlangan edi. O‘shanda portugaliyalik futbolchi o‘zining kam maosh (yiliga 21 million yevro) olayotgani haqida gapirgan edi. Albatta ushbu mablag‘ biz uchun kichik ko‘rinmasada, Krishtianuning norozi bo‘lishiga sabablari bor edi. Lionel Messi va Neymarning 50 mln yevro va 36 mln yevro maoshiga qarab Ronaldu shartnoma shartlarini eslab turar edi. Florentino Peres 2016 yili futbolchiga yaxshiroq shartlardagi kelishuv taklif qilishni va’da bergan. Mavsum yakuniga yetgach Ronaldu Peresga kelishuv haqida eslatdi, biroq u yana bir marotaba va’dasini unutdi. Krishtianu ushbu holatdan norozilik bildirdi va rahbariyatga ketish bilan tahdid qildi. Bunga javoban madrid klub rahbariyati «istaganingni qil» ma’nosidagi javobni berdi.

O‘zini qoplamaydigan sarmoya

Florentino Peres balki Krishtianuni qo‘yib yuborishiga sabab bo‘lib, endilikda katta miqdordagi pulni yosh ist’edodli futbolchilarga sarflash istagida bo‘lishi mumkin. Rostdan ham 7-raqam egasi 33 yoshni qarshi olgan. Hozircha u maydonda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin buning yana qancha davom etishini hech kim bilmaydi. Har yili shubhali bo‘lgan loyihaga 80 million yevro sarmoya kiritish tajribali biznesmen uchun qiyin masala. Shuning uchun ham Peres Ronalduning ortidan chopmadi va so‘nggi so‘zni Kri Roning o‘ziga qoldirdi.

Qonun bilan bog‘liq muammolar

Yuqorida zikr etilgan muammolarga qo‘shib, Krishtianuning soliq idorasi bilan ham kelishmovchiligi yuzaga keldi. 2011 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddatda futbolchi soliq to‘lamagan va oxir oqibatdan 14,7 million qarzdor bo‘lgan. Futbolchi tezlik bilan 6 million yevroni soliq xizmatiga to‘ladi va shuning bilan jinoiy ish ochilishidan oz muddatga qutuldi. Shuning uchun ham hujumchi ushbu ishlardan charchagan bo‘lsa ajab emas.

Yangi marralar

Krishtianu aqlli yigitcha. U yana bir necha yil yuqori sur’atda futbol o‘ynashini tushunib turibdi. Va aynan hozir yuqori cho‘qqida turganida, bir oy avval Zidan kabi ketish yaxshi qaror ekanligini anglab yetdi. Hozirda Ronaldu yangi marralarni ko‘zlab o‘ziga ishonchni orttiradi.

Mish-mishlar tasdiqlandi

So‘nggi ikki oy ichida Ronaldu uchun «Yuventus», «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublar kurash olib bordi. Ronalduning o‘zi esa faoliyatini «Yuventus» klubida davom ettirish istagida ekanligi paydo bo‘ldi. Futbolchi Turin shahrida uy izlashni ham boshlagan edi. Aynan shu mish-mishlar tufayli Italiya bozor rastalarida futbolchining ismi yozilgan futbolkalar sotuvga tarqalib ketdi. Yevropaning nufuzli nashrlari ham Ronalduning transferi haqida yozishdi.

«Yuventus» Ronalduning transferini 48 soat ichida e’lon qiladi!

Diz Jornal

Ronalduning agenti «Yuventus»ga Krishtianu seshanba kuni Turinda bo‘lishini va’da qildi!

Mediaset

«Yuventus» klubi yaqin kunlarda «Real»ga Ronaldu transferi borasida taklif yuboradi

El Chiringuito TV

Biroq Krishtianu Ronalduning klubdoshlari so‘nggi paytga qadar uning ketishiga ishonishmagan va qirollik klubiga sodiqligini aytishgan edi.

«Keling nima bo‘lishini kuzatamiz. Uni ketadi deb o‘ylamayman. Ronaldu ketishini istamayman, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U biz uchun juda ham qadrli. O‘ylaymanki, u qoladi».

Luka Modrich

Endi Ronaldu Italiya chempionatida yuqori cho‘qqilar sari odimlaydi. Biz esa unga bunda faqatgina omad tilab qolamiz.
Bobur Sobirjonov

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu – hammasidan qochib ketmoqchimidi?