«Qo‘qon-1912» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga «Metallurg»ni yengdi

  • Sport
  • 13-07-2018, 23:11
  • 256
  • «Қўқон-1912» сўнгги дақиқалардаги гол эвазига «Металлург»ни енгди
    PEPSI Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Metallurg" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

    Uchrashuvdagi gollarning barchasi ikkinchi bo‘limda urildi. 70—daqiqada Zohid Abdullayev mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p vaqt o‘tmay Murod Xolmuhammedov penaltini aniq bajarib muvozanatni tikladi.

    Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyaliri o‘tib borayotgan bir vaqtda Behruz Sa’dulloyev gol urib, qo‘qonliklarning g‘alabasini ta’minladi.

    PEPSI Superliga
    14-tur

    "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" 2:1 (0:0, 2:1)

    Gollar:
    0:1 – 70 Abdullayev, 1:1 – 76, penalti Xolmuhammedov, 2:1 – 90+5 Sa’dulloyev.

    “Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov (11. Firdavs Asadov, 73), 5. G‘iyosjon Komilov, 10. Javohir Siddiqov, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (78. Behruz Sa’dulloyev, 80), 22. Murod Xolmuhamedov (s), 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasurbek Hakimov, 96. Muhammadanas Hasanov (19. Suhrob Berdiyev, 56).

    “Metallurg”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Abbosjon Otaxonov, 9. Zabixillo O‘rinboyev, 10. Islombek Isoqjonov, 15. Zohid Abdullayev, 28. Stanislav Andreyev, 55. Akbarjon Ismatullayev (s), 87. Bahodir Pardayev (7. Suhrob Nurulloyev, 57), 88. Abror Husinov, 90. Zafar To‘rayev (77. Muhammad Isayev, 65), 91. Pavel Smolyachenko.

    Ogohlantirishlar: To‘rayev 21, Merzlyakov 48, Ismatullayev 75, Andreyev 90+1, Ilyosov 90+2.

    Manba: www.uff.uz

    » » «Qo‘qon-1912» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga «Metallurg»ni yengdi
    Яндекс.Метрика