Uch nafar professional bokschilarimiz ertaga navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

  • 14 iyul 2018, 22:55
  • 2 215
  • Sport
  • Uch nafar professional bokschilarimiz ertaga navbatdagi janglarini o‘tkazishadi
    Ertaga, 15 iyun kuni tongda bir yo‘la uch nafar professional bokschimiz Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadilar.

    Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G‘oibnazarov mezbon bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tariladi. Taqqoslash uchun Fazliddin shu kungacha prof ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (2 tasida nokaut). Uning raqibi esa beshta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini mag‘lub etgan (4 tasida nokaut).

    Jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari finalchisi Shahram G‘iyosov meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi jang o‘tkazadi. Shahram prof ringda 2 ta jang o‘tkazib, ularning har ikkisida g‘alaba qozongan (1ta nokaut). Meksikalik bokschi esa 24 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan (17 tasi nokaut). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan (2 tasi nokaut).

    Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyevga esa argentinalik Luis Fernando Molina raqiblik qiladi. Ahmadaliyev bungacha ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Molina esa 12 ta jang o‘tkazgan. Shu janglarning 7 tasida u raqiblarini mag‘lub etgan (2 tasida nokaut). 4 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgan.

    Bugun har uchchala bokschimiz jang oldidan vazn o‘lchash marosimlarida ishtirok etishdi.

    Manba: www.olympic.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uch nafar professional bokschilarimiz ertaga navbatdagi janglarini o‘tkazishadi