06:56 / 15.07.2018
3 757

Fazliddin G‘oibnazarov bugun amerikalik raqibiga qarshi jang o‘tkazdi (foto)

Fazliddin G‘oibnazarov bugun amerikalik raqibiga qarshi jang o‘tkazdi (foto)
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov professional ringdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Ushbu jangda bokschimizga amerikalik Kevin Jonson raqiblik qildi. To‘liq davom etgan jangda g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra hamyurtimiz 78:74 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu orqali Fazliddin raqibiga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi. O‘zi esa beshinchi jangida beshinchi g‘alabani tantana qildi.


Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov bugun amerikalik raqibiga qarshi jang o‘tkazdi (foto)