07:13 / 15.07.2018
3 299

Uimbldon. Jokovich ikki kun davom etgan uchrashuvda g‘olib chiqdi (foto)

Uimbldon. Jokovich ikki kun davom etgan uchrashuvda g‘olib chiqdi (foto)
"Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ikkinchi finalchining nomi ham ma’lum bo‘ldi.
Ikkinchi yarim final uchrashuvida dunyoning birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal sobiq birinchi raketka serbiyalik Novak Jokovichga qarshi kortga chiqdi. Aslida bu uchrashuv kecha yakunlanishi kerak edi. Lekin kech bo‘lib qolgani bois bahs uchinchi setdan so‘ng to‘xtatilgan va bugungi kunga qoldirilgandi.

Besh set davom etgan dramatik uchrashuv g‘olibi tay-brekda aniqlandi. Besh soatu 21 daqiqa cho‘zilgan bahsda Jokovich kuchli raqibini 6:4, 3:6, 7:6(11:9), 3:6, tay-brekda 10:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. Ertaga Novak bosh sovrin uchun uchrashuvda Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uimbldon. Jokovich ikki kun davom etgan uchrashuvda g‘olib chiqdi (foto)