14:29 / 15.07.2018
3 423

Shahramning raqibi bir raund ham chidab bera olmadi (video)

Shahramning raqibi bir raund ham chidab bera olmadi (video)
Professional ringda muvafaqqiyatli yurishini davom ettirayotgan Shahram G‘iyosov o‘zining navbatdagi jangini Los-Anjeles shahrida o‘tkazdi.

Mazkur jangda bokschimizga meksikalik Daniel Echiverriya raqiblik qildi. Hamyurtimiz ustunligi bilan boshlangan qarama-qarshilikda muxlislar jang tugashini uzoq kutishmadi.

Bokschimizning kuchli va aniq zarbasidan so‘ng meksikalik charm qo‘lqop ustasi jangni davom ettira olmadi. Bu birinchi raundda sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida professional faoliyatini boshlagan Shahram bu jangga qadar 2 ta jang o‘tkazib, har ikkisida ham zafar quchgan. Bittasida nokaut qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahramning raqibi bir raund ham chidab bera olmadi (video)