14:34 / 15.07.2018
3 728

Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi raqibini ham mag‘lub qildi

Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi raqibini ham mag‘lub qildi
Iste’dodli professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev (2-0-0)professional boksdagi uchinchi jangini 14 iyul kuni o‘tkazdi. AQShning Kaliforniya shtatidagi “Hollywood” arenasida o‘tgan jangda hamyurtimizga argentinalik Luis Fernando Molina (7-4-1) raqiblik qildi.

6 raund etib belgilangan jangda g‘olib nomi hakamlar bergan ovozlarga ko‘ra aniqlandi va Murodjon navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.

Professional ringda shu vaqtga qadar 12 ta jang o‘tkazgan o‘ttiz yoshli Luis o‘zining so‘nggi jangini 2017 yilning dekabr oyida o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon professional ringdagi ilk jangini 10 mart kuni argentinalik David Michel Pazga (4-4-1) qarshi o‘tkazib, nokautga uchratgan bo‘lsa, 21 aprel kuni o‘tgan ikkinchi jangida yana bir argentinalik Karlos Suaresni (7-4-3) texnik nokautga uchratdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi raqibini ham mag‘lub qildi