21:53 / 15.07.2018
3 325

Sampaoli Argentina terma jamoasidan ketishga rozi bo‘ldi

Sampaoli Argentina terma jamoasidan ketishga rozi bo‘ldi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli tez orada o‘z lavozimini tark etadi.

Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 58 yoshli mutaxassis 2022 yilga qadar tuzilgan amaldagi shartnomasini muddatidan avval bekor qilgani uchun Argentina futbol federatsiyasidan 2 mln dollar tovon puli oladi va shundan so‘ng o‘z joyini tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sampaolining o‘rnini argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradona egallashga va ushbu lavozimda tekinga ishlashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sampaoli Argentina terma jamoasidan ketishga rozi bo‘ldi