08:28 / 16.07.2018
3 643

Rasman! Azizbek Haydarov «Bunyodkor» futbolchisiga aylandi

Rasman! Azizbek Haydarov «Bunyodkor» futbolchisiga aylandi
Bugun O‘zbekistonda transferlar oynasi rasman yopiladi. Ayni paytda klublar yangi futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini nihoyasiga yetkazishmoqda.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi mavsumning ikkinchi qismida O‘zbekiston kubogi va Superligasi o‘yinlarida maydonga tushish uchun milliy terma jamoa yarim himoyachisi Azizbek Haydarovni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Tomonlar bugun mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Azizbek Haydarov o‘zi uchun qadrdon jamoaga qaytganidan baxtli ekanini bildirdi.

Ta’kidlash joiz, Azizbek Haydarov 2007-2011 yillar mobaynida "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan. Mahoratli futbolchining so‘nggi jamoasi BAAning "Ajman" klubi bo‘ldi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Azizbek Haydarov «Bunyodkor» futbolchisiga aylandi