06:30 / 17.07.2018
4 623

«Yuventus» Ronalduni tanishtirdi (foto)

«Yuventus» Ronalduni tanishtirdi (foto)
Foto: «juventus.com»
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Italiyaning «Yuventus» klubi tomonidan rasman tanishtirildi.

Futbol yulduzi yangi klubida 7-raqam ostida harakat qiladi. U jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan, shartnomaga ko‘ra unga yiliga 30 million yevro miqdorida maosh to‘lanadi.

Foto: «juventus.com»
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronalduning «Real» klubidan «Yuventus»ga transferi 10 iyul kuni e’lon qilingan edi. Transfer narxi 110 million yevro.

E’tiborlisi, «Yuventus» Krishtianu Ronalduning nomi yozilgan futbolkalarni birinchi kundayoq 520 mingta dona nusxada sotgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» Ronalduni tanishtirdi (foto)