09:25 / 17.07.2018
3 996

Ronaldu nega «Yuventus»ni tanlagani haqida izoh berdi

Ronaldu nega «Yuventus»ni tanlagani haqida izoh berdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ga o‘tishiga izoh berdi.

«Real»dan ketganimga xafa emasman. «Yuventus» rahbariyatiga shunday imkoniyat taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Mening «Real» bilan tarixim ajoyib kechdi, ammo men endi oldinga harakatlanishim kerak. Men madridlik muxlislarga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Ammo men yangi marralar sari harakatlanishim kerak

Men yangi chaqiriqlarni sevaman. Taktika birinchi galda turadigan qiyin chempionatga kelganimni bilaman. Ammo men bir joyda o‘tirib, muvaffaqiyatlardan mast bo‘lishni istamadim.

O‘zimga va bo‘lajak jamoadoshlarimga ishonaman. Barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Shuning uchun men xotirjamman va o‘zimga ishonchim yuqori.

Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni barcha jamoalar istaydi. Prezident bilan suhbatda aytganimizdek, biz sovrinlar uchun kurashamiz.

Nafaqat Chempionlar ligasida, balki A seriyada ham.

Bilaman, qiyin bo‘ladi. Ammo biz xotirjamlik va konsentratsiyani saqlashimiz kerak.

«Yuventus» menga zo‘r imkon berdi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Ular meni qadrlashdi.

Ko‘rib turibmanki, «Yuventus» ichki chempionatda ham, Yevropa maydonlarida ham katta muvaffaqiyatlarga erisha oladigan klub», – deya Ronalduning so‘zlarini keltirgan Turin klubi rasmiy sayti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu nega «Yuventus»ni tanlagani haqida izoh berdi