Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Yuventus»da rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlanishi mumkin.
Ispaniyadagi Libertad Digital nashri xabariga ko‘ra, Zidanga «Yuve»da sport masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi taklif qilingan. U bu taklifni qabul qilishi kutilmoqda. U oktyabr oyida «Yuventus»ga qo‘shilishi mumkin.
10 iyul kuni «Yuventus» «Real»da 9 yil davomida to‘p surgan Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Ushbu portugaliyalik futbolchi Turin klubida 4 yil davomida 30 million yevrodan maosh oladi.
Zidan 2016 yil yanvaridan «Real»ni boshqarishga kirishdi va keyingi 3 mavsum davomida ketma-ket 3 bor Chempionlar Ligasida zafar quchdi. U may oyida navbatdagi chempionlikdan keyin Madrid klubini tark etdi.
AS xabariga ko‘ra, Zidan Ronaldu bilan yangi shartnoma bo‘yicha muammolar tufayli klubdan ketgan.
Ma’lumot uchun, fransiyalik mutaxassis 1996-2001 yillarda futbolchi sifatida «Yuventus» sharafini himoya qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi