15:14 / 18.07.2018
4 224

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilarimiz tarkibi

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilarimiz tarkibi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi ham ishtirok etadi.

«Olamsport.com» sayti boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida qatnashadigan tarkibini ma’lum qildi:

-49kg: Hasanboy Do‘smatov
-52kg: Jasurbek Latipov
-56kg: Miraziz Mirzaxalilov
-60kg: Shunqor Abdurasulov
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-69kg: Bobo-Usmon Boturov
-75kg: Isroil Madrimov

Ma’lumot uchun, bu yilgi o‘yinlar uchun vaznlar qisqartirilgan: -81kg, -91kg va +91 kg vazn toifalarida janglar o‘tkazilmaydi.

Biroz avvalroq yosh bokschi Isroil Madrimov O‘zbekiston jamoasining turnirdagi bayroqdori bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Turnir 18 avgust kuni boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilarimiz tarkibi