20:20 / 18.07.2018
4 120

Pakyao Meyvezer bilan revansh jangi o‘tkazishga rozilik berdi

Pakyao Meyvezer bilan revansh jangi o‘tkazishga rozilik berdi
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao yakshanba kuni yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qaytarib olgandi.
O‘n bir karra jahon chempioni degan nomga erishgan filippinlik 39 yoshli bokschi argentinalik Lukas Matisseni muddatidan avval nokautga uchratgan edi. Pakyao ushbu g‘alabadan so‘ng beshta vaznda sobiq jahon chempioni amerikalik 41 yoshli Floyd Meyvezer bilan revansh jangi o‘tkazishga tayyor ekanligini aytgan.

“Meyvezer? Agar u boksga qaytishga tayyor bo‘lsa, men u bilan albatta jang qilaman. Men ayni paytda jahon chempioniman, hamma gap uning o‘zida qoldi”, - deya ESPN telekanaliga intervyu bergan Pakyao.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pakyao Meyvezer bilan revansh jangi o‘tkazishga rozilik berdi