23:09 / 19.07.2018
3 284

“Bunyodkor” safarda “Metallurg”dan bir ochko bilan qaytmoqda

“Bunyodkor” safarda “Metallurg”dan bir ochko bilan qaytmoqda
Superliganing 17-turi doirasida “Bunyodkor” klubi safarda “Metallurg” mehmoni bo‘lishdi. Shiddatli kechgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan mehmonlar hujumga zo‘r berishdi. “Bunyodkor” futbolchilari 33-daqiqada Murod Toshmatovning aniq zarsabidan so‘ng hisobda oldinga chiqib olishdi. Birinchi bo‘lim shu tarzda yakun topdi.

Ikkinchi bo‘limda “Metallurg” futbolchilari ancha o‘ziga kelishdi va 51-daqiqada Shahzod Shaymanov muvozanatni tenglashtirdi. Ushbu gol o‘yin oxiriga qadar saqlanib qoldi va bir ochkodan bo‘linib berildi.

Superliga 17-tur

“Metallurg” — “Bunyodkor” 1:1

Gollar:
Murodjon Toshmatov 33, - 0:1. Shahzod Shaymanov 51, - 1:1.

“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abbosjon Otaxonov, Suhrob Nurulloyev, Shaxzod Shaymanov (Zafar To‘rayev, 85), Zabixillo O‘rinboyev, Islombek Isoqjonov (Bahodir Pardayev, 85), Zohid Abdullayev, Stanislav Andreyev, Akbarjon Ismatullayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko (Muhammad Isayev, 46).

“Bunyodkor”: Suhrobjon Sultonov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov (Dilshod Ahmadaliyev, 23), Dilshod Jo‘rayev, Shahzodbek Nurmatov, Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov, Azizbek Xaydarov.

Ogohlantirishlar: Zohid Abdullayev 45, Dilshod Ahmadaliyev 75, Bahodir Pardayev 86.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” safarda “Metallurg”dan bir ochko bilan qaytmoqda